UZRUENTJ
Konsultatsiya

Qurilish sohasida marketing · 2023-yildan

Reklamadan sotuvgacha.

Qurilish kompaniyalari uchun marketing va IT — bitta jamoada. Lid olib kelish bilan to‘xtamaymiz: call center, sotuv ofisi va pul tushumigacha javob beramiz.

S01Marketing
A®02Call center
F03Sotuv
F04IT
30loyiha
40+xodim
3developer bilan hamkorlik

Raqamlarda

Biz faqat bitta sohada ishlaymiz — qurilishda. Shuning uchun uni chuqur bilamiz.

30loyiha — reklamadan sotuvgacha yuritilgan
40+xodim: marketing, kontent, call center, sotuv, IT
3qurilish kompaniyasi — hammasi bilan hozir ham ishlayapmiz
3+yil qurilish bozorida

Xizmatlar

Marketing
va IT.

Ish jarayoni

Bitta zanjir.
Bitta javobgar.

Odatda reklama bir pudratchida, call center boshqasida, sotuv esa o‘zingizda. Bizda butun zanjir bitta jamoada — va natijaga ham shu jamoa javob beradi.

01

Tahlil va strategiya

Bozor, raqobatchilar va auditoriyani o‘rganamiz. Narx pozitsiyasi va marketing rejani tuzamiz.

02

Reklama

Meta, Google, Yandex va Telegram Ads’da kampaniyalarni ishga tushiramiz.

03

Kontent

Dizayn, motion, video va matn — loyihaning har kuni ko‘rinib turishi uchun.

04

Call center

Har bir lid o‘z vaqtida qayta ishlanadi, suhbatlar sifati nazorat qilinadi.

05

Sotuv ofisi

Skriptlar, menejerlar boshqaruvi va ofisga kelgan har bir mijoz hisobi.

06

Pul tushumi

To‘lov grafiklari va qarzdorlik nazorati — sotuv shartnoma bilan tugamaydi.

07

Analitika

Oylik hisobot: lid narxi, sifatli lid narxi, sotuv. Keyin — optimallashtirish.

Va yana boshidan — har oy yaxshiroq.

Boshlash

Nega aynan SAFF

To‘rt sabab.

01

Faqat qurilish sohasi

Biz boshqa sohalarga tarqalmaymiz. Xonadon xaridori qanday qaror qabul qilishini, shaxmatka va to‘lov grafigi nimaligini tushuntirish shart emas.

02

Marketing va IT bir jamoada

Reklama, CRM va hisobotlar bir-biriga ulangan. Lid qayerdan kelgani va nima bilan tugagani bitta tizimda ko‘rinadi.

03

Sotuvgacha javobgarlik

Biz uchun natija — lidlar soni emas, sotuv va tushgan pul.

04

O‘z call centerimiz

Lidlar begona qo‘llarga o‘tmaydi: qo‘ng‘iroq, suhbat sifati va ofisga tashrif — bizning nazoratimizda.

Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar.

Faqat IT xizmatini olsa bo‘ladimi?

Ha. CRM, ERP, sayt yoki botni marketing xizmatlarisiz ham joriy qilamiz. Marketing bilan birga olinsa, tizimlar reklama va sotuv ma’lumotlariga boshidan ulanadi.

Faqat bitta xizmat, masalan, reklama bilan boshlash mumkinmi?

Mumkin. Ammo eng kuchli natija butun zanjir — reklamadan pul tushumigacha — bitta jamoada bo‘lganda chiqadi. Shu sabab avval loyihani birga ko‘rib chiqib, mos formatni taklif qilamiz.

Xizmatlar narxi qanday belgilanadi?

Narx loyiha hajmi va kerakli xizmatlar to‘plamiga qarab kelishuv asosida belgilanadi. Konsultatsiyadan so‘ng aniq taklif yuboramiz.

Hisobotlar qanday beriladi?

Har oy: lid narxi, sifatli lid narxi, kanallar samaradorligi va sotuv statistikasi. Raqamlar ortidan keyingi oy uchun aniq qadamlar keladi.

Viloyatlardagi loyihalar bilan ishlaysizmi?

Ha. Loyihalarimizning aksariyati viloyatlarda: Namangan, Termiz, Farg‘ona, Jizzax, Zomin, G‘azalkent.

Bepul konsultatsiya

Keyingi loyiha —
sizniki.

Loyihangiz haqida qisqacha yozing. Marketing va sotuv bo‘yicha qayerda o‘sish borligini birga ko‘rib chiqamiz.

Loyihangizni muhokama qilamiz

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.